27 Sen, 2024
1 min read

Namangan viloyatida jamoat transporti harakati tiklandi.

Hurmatli yoʻlovchilar, barcha yoʻnalishlarga avtobuslar qatnovi bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilayotganligini maʼlum qilamiz. Hozirda Namangan shahridagi ushbu yoʻnalishlarda 🚏Nurobod-Chorsu-5 dona 🚏Nurabod-Chorsu-2 dona 🚏Oxangar-Sardoba-14 dona 🚏Samarqand sh/x-Chorsu-3 dona 🚏Yangi Hayot – Chorsu-4 dona 🚏Gʻalcha – Chorsu-4 dona 🚏Suv xoʻjaligi-Chorsu-3 dona 🚏Jahon bozori-Zarbdor-Goʻzal-8 dona 🚏Goʻzal-4 GES 2 dona avtobuslar harakatlanmoqda. Bugundan barcha yoʻnalishlardagi avtobus qatnovlari belgilangan jadval asosida harakatni […]

1 min read

📊 Eng ko‘p qiz egizak chaqaloqlar tug‘ilgan

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda respublika bo‘yicha jami 18 288 ta egizak chaqaloq tug‘ilgan. Shundan: 🙎‍♀️qiz bolalar – 50,2 % 🙎 o‘g‘il bolalar – 49,8 % ✅ Hududlar kesimida tug‘ilgan qiz egizak chaqaloqlar soni: — Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 452 ta — Andijon viloyati – 943 ta — Buxoro viloyati – 536 ta […]

1 min read

Davlatobod tumanining «Shishaki» mahallasida hokim yordamchilari koʻmagida amaliy ish tashkil etilmoqda.

Mahallada ishsizlikni yoʻq qilish, tadbirkorlar safini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugun Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayev ishchi guruh bilan tumanning «Shishaki» mahallasida oʻrganish olib bordi. Dastlab tuman hokimi yangi tashkil etilgan hokim yordamchisi yordamchisin mahallalarda amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi. Shuningdek aholini daromadlarini oshirishgan tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi aholining tajribalarini qoʻshnichilik tamoyili asosida tatbiq qilish […]

1 min read

«Namangan suv taʼminoti» MCHJ tomonidan Uchqoʻrgʻon tumanining «Yoshlik» massivi hududida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida qurilish-montaj ishlarini olib borilmoqda.

Jumladan, yangi suv chiqarish inshooti qurilishi jarayoni davom etmoqda, tik quduq burgʻilash ishlari yakuniga yetkazildi. Qoʻshimcha bino inshootlar qurish ishlari boshlandi. Shuningdek, hududda suv tarmoqlari tortilishi natijasida 250 ta suv taʼminoti mavjud boʻlmagan xonadonlarga tarmoq olib kiriladi. Eski tarmoqlar yangilariga almashtirilmoqda. Qurilish ishlari jamiyat direktori tomonidan shaxsan nazorat qilinmoqda.

1 min read

Uychi tumani 1-sektor hududida joylashgan Keskanyor MFYda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida boshlangan amaliy ishlar davom etmoqda.

Bugun tuman hokimi Shuhrat Musayev va bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari Keskanyor MFY hamda “Shoʻrqishloq”da boʻlib, xonadonbay oʻrganishlarni olib borishdi. Shu kunlarda “Shoʻrqishloq”da ish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Yoʻllar tekislanib, shagʻallandi. Toza ichimlik suvi tortilmoqda. Uylar taʼmirlanyapti, daraxtlar oqlanmoqda. Tuman FVB xodimlari hashar uyushtirib, ehtiyojmand oilalarga yordamlashishmoqda.

1 min read

Hurmatli isteʼmolchilar!

“Hududgaztaʼminot” AJ Pop tumanida gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanayotganligi toʻgʻrisida xabar beradi.  Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan uylar va xonadonlar ichidagi gaz uskunalarini, xususan gaz plitalarini, isitish va suv isitgich asboblarini hamda dudburonlarni puxta tekshirishni soʻraydi. Buning uchun avval aholining salomatligi uchun kecha-kunduz tinib bilmay mehnat qilgan  Gaz taʼminoti xodimlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib oʻtamiz.

1 min read

Shavkat Mirziyoyev bosh prokuror va vazirlarga ko‘rsatma berdi. “Prava”ni sotib olish jinoyatlariga qarshi kurash kuchaytiriladi

“Mana biz [haydovchilikka] o‘qiganmiz, uch yil o‘qitardi. Hozir 3 oy o‘qiyapti, yana bormasdan guvohnoma olyapti. Nima, O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?” dedi prezident bugungi yig‘ilishda. Davlat rahbari bosh prokuror, ichki ishlar va adliya vazirlariga aniq topshiriqlar berdi. Avtomaktablarga oid qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘ldi.

1 min read

⚡️ Energetika vazirligi O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumotni yangiladi (soat 18:00 holatiga)

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (100%); 2. Andijon viloyati (45%); 3. Buxoro viloyati (80%); 4. Jizzax viloyati (100%); 5. Qashqadaryo viloyati (40%); 6. Navoiy viloyati (95%); 7. Namangan viloyati (77%); 8. Samarqand viloyati (55%); 9. Surxondaryo viloyati (65%); 10. Sirdaryo viloyati (55%); 11. Toshkent viloyati (80%); 12. Farg‘ona viloyati (70%); 13. Xorazm viloyati (100%); 14. Toshkent shahri […]

1 min read

“Koronavirusdan emas, avariyalardan ko‘proq odam o‘lyapti” — Shavkat Mirziyoyev “prava” olishdagi korrupsiya haqida

▪️“Haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi. Shuning uchun avariyalar soni soat sayin oshyapti”, dedi prezident bugungi yig‘ilishda. Mutasaddilarga, avvalo, o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, ikkinchidan, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berishga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish topshirig‘i berildi.