27 Sen, 2024
1 min read

Namangan viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi 4,6 % ga o‘sdi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan maʼlumotlariga koʻra, 2021– yilning yanvar– dekabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 23 trln. 557,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻsish surʼat 2020– yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etgan. 🐄 Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar– 21 trln. 706,3 […]

1 min read

“Bunaqa pulga yashab bo‘lmaydi” — To‘qayevdan yangi bayonotlar

▪️Qozog‘iston prezidenti bugun tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uning aytishicha, mamlakatda boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq yo‘l qo‘yib bo‘lmas darajaga yetgan. “Milliy daromadlar taqsimotida yaqqol adolatsizlik ko‘rinib turibdi. Xalqaro ekspertlar, shu jumladan KPMGga ko‘ra, Qozog‘istondagi jami boylikning yarmi 162 kishining qo‘lida to‘plangan. Aholining yarmida esa daromadlari 50 ming tengega ham yetmaydi, bu yiliga 1300 dollardan salgina oshiroq […]

1 min read

Imtihonsiz o‘qishga kiradiganlar toifasi yana bittaga ko‘paydi

▪️“Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qaror imzolandi. Endi har yili maktab, kollej, litsey, texnikum va oliygohlarda intellektual o‘yinlar tashkil etiladi. Intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar ta’limning keyingi bosqichiga imtihonsiz, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ya’ni maktab o‘quvchisi kollejga, litsey o‘quvchisi universitetga, bakalavriat talabasi magistraturaga imtihonsiz kiradi.

1 min read

📊 Qaysi hududda eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan?

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda respublika hududlari bo‘yicha qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari soni: — Qoraqalpog‘iston R. – 1442 ta — Andijon viloyati – 3931 ta — Buxoro viloyati – 2080 ta — Jizzax viloyati – 1279 ta — Qashqadaryo viloyati – 2867 ta — Navoiy viloyati – 1224 ta — Namangan viloyati […]

1 min read

“Inyaz”larga kirishda chet tilidan kasbiy imtihon bo‘ladi

▪️Hukumat qaroriga asosan, 2022/23-o‘quv yili qabulidan boshlab, xorijiy til mutaxassislarini tayyorlaydigan OTMlarga (ro’yxat) kirish imtihonlarida chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon yo‘lga qo‘yiladi. Imtihon “listening”, “reading”, “writing” va “speaking”dan iborat bo‘ladi. Imtihonni DTM oladi. 2024/25-o‘quv yilidan boshlab chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi. Hozir bu blokda ona tili, tarix va matematika bor.

1 min read

Buyuk Britaniyada ham to‘rt kunlik ish haftasi sinab ko‘riladi

▪️Shu yil iyundan boshlab Britaniyada 4 kunlik ish haftasi ustida eksperiment-loyiha boshlanadi. 4 Day Week Global jamoat birlashmasi tashkil qilayotgan loyihada hozircha 30ta kompaniya qatnashyapti. Bu kompaniyalar yarim yil davomida xodimlariga haftasiga 32 soat ishlashga, bu soatlarni xohlasa 4 kun, xohlasa 5 kunga bo‘lib olishga ruxsat beradi. Tajriba davomida ishchilarning oyligi va qo‘shimcha bonuslar avvalgidek […]

1 min read

2022-yil 19-yanvar holatiga koʻra 1307 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi, jami bemorlar soni 209 578 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 39 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 31 nafari Andijon viloyatida, 31 nafari Buxoro viloyatida, 51 nafari Jizzax viloyatida, 19 nafari Qashqadaryo viloyatida, 12 nafari Navoiy viloyatida, 55 nafari Namangan viloyatida, 43 nafari Samarqand viloyatida, 20 nafari Sirdaryo viloyatida, 34 nafari Surxondaryo viloyatida, 157 nafari Fargʻona viloyatida, 53 nafari Xorazm viloyatida, 194 nafari Toshkent viloyatida, […]

1 min read

📊Qaysi hududda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘p?

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami 316 903 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyat yuritmoqda. ✅ Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining soni: 🔸Toshkent shahri – 79 177 ta 🔸Toshkent viloyati – 33 112 ta 🔸Andijon viloyati – 27 350 ta 🔸Samarqand viloyati – 23 937 ta 🔸Farg‘ona viloyati – […]

1 min read

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatini roʻyobga chiqarish muhim ekanini qayd etdi.