27 Sen, 2024
1 min read

Doniyor Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.

Viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Hozirga qadar Namangan viloyati hokimligining bosh yuristi vazifasida ishlab kelgan Doniyor Pulatovich Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. Doniyor Ermatov 1983 yilda Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2004 yilda Namangan […]

1 min read

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Markaziy bank boshqaruvi raisining buyrugʻiga binoan Aliyev Djamshidbek Azizovich Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Mazkur lavozimda ishlab kelgan Gʻaybullo Vohidov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Djamshidbek Aliyev 1978 yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat […]

1 min read

Axror Mansurov viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi

Viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori vazifasida ishlab kelgan Mansurov Axror Axmadaliyevich viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Axror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2013 […]

1 min read

Omikron virusini yuqtirganlar kamroq shifoxonaga tushyapti, biroq xotirjam bo‘lishga erta

▪️Dastlabki o‘rganishlar koronavirusning bu varianti boshqalariga qaraganda yengilroq o’tadi, deb topdi. Lekin hali xotirjam bo‘lishga erta. Biroq virusning bu varianti tez tarqaladi. Bu esa uni yuqtirganlar kasallikni yengilroq o‘tkazayotgani haqidagi yaxshi xabarni bosib ketadi. Lekin omikron xususiyatlari hali to‘liq o‘rganilgani yo‘q. Xulosa qilish uchun esa ko‘proq tadqiqot talab etiladi.

1 min read

«Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy»

Bugun, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati boʻlimi tashabbusi bilan viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining faollar zalida «Bir ziyoli — bir mahallaga maʼnaviy homiy» tamoyili asosida viloyatdagi mahallalarda yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi va tantanali tadbir oʻtkazildi. Yigʻilishda viloyat hokimligi, oliy taʼlim muassasalari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat, shahar […]

1 min read

O‘zbekiston Afg‘onistonga 63 vagon insonparvarlik yordami jo‘natdi

▪️Yordam oziq-ovqat, kiyim-kechak va ko‘mir mahsulotlaridan iborat. Poyezd Termiz shahridagi «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi, deb xabar berdi Surxondaryo hokimligi. O‘zbekiston sentabr oyida ham Afg‘onistonga 1,3 ming tonnalik yordam jo‘natgandi. Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” hokimiyatga kelishi ortidan Afg‘onistonda gumanitar inqiroz ro‘y bermoqda.