Ispaniyalik olimlar pomidor poʼstidan bioplastik olish ustida ishlayapti
▪️Pomidordan olingan bioplastik ishlatib boʼlingach, 1 oy ichida yoʼq boʼlib ketadi. Solishtirish uchun: neftdan olinadigan plastik 450 yildan soʼng yoʼq boʼladi. Buning bilan tabiatga zarar sezilarli kamayadi. Lekin pomidordan olingan bioplastik ishlab chiqarish oson va hamma yerda savdoda boʼlishini tashkillashtirish masalasi ham bor.
Dam olish kunlari yogʼingarchilik boʼlmaydi — Oʼzgidromet
▪️Shanba va yakshanba kunlari sovuq antisiklon chekinadi. Kechalari va ertalablari biroz sovuq, kunduzi esa 15 darajagacha iliq boʼladi.
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq qarzdor qidiruvdaligi ma’lum bo‘ldi
▪️Ularning 1,1 ming nafari turli sabablar bilan chet elga chiqib ketgan. MIBning ma’lum qilishicha, ijro ishlarining asosiy qismi farzandlarni ona qaramog‘iga olib berish bilan bog‘liq. Masalan, ijro davomida 2 nafar farzand qo‘shni respublika hududidan topilib, ona tarbiyasiga olib berilgan.
O‘zbekistonning 2-eng katta GESini qurish uchun Pskom daryosi to‘sildi
▪️Bugun «Pskom GES»ini qurish uchun daryoning 1-to‘siq darvozasi yopilgan. Yangi GES Bo‘stonliq tumanida, Chorvoq suv omboridan 45 km yuqorida joylashgan. Yiliga 950 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Avtomobil transporti xizmatlari hajmida hududlarning ulushi
🏢 Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar oktyabr oylarida avtomobil transportida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 1 trln. 666,7 mlrd. soʻmga teng boʻldi. Bu koʻrsatkich 2020 yilning yanvar – oktyabr oylariga nisbatan 121,0 % ga oshdi. ♻️ Umumiy avtomobil transporti xizmatlari hajmida hududlarning ulushi, % da (2021 yil yanvar – oktyabr oylarida) 🔹 Namangan shahri […]
Angliyada yangi binolarda elektrokarlarni quvvatlash nuqtalarini qurish majburiy bo‘ladi
▪️Keyingi yildan joriy etiladigan tartib bilan Angliyada har yili 145 mingta quvvatlash nuqtalari paydo bo‘ladi. Mamlakatda 2030-yildan benzin bilan harakatlanadigan transport vositalaridan butunlay voz kechiladi. Ayni paytda Britaniyada 25 mingta elektrokarlarni quvvatlash nuqtalari bor. Yonilg‘i taqiqlanadigan 2030-yilgacha quvvatlash punktlari sonini 10 baravarga oshirish kerak.
🔘 “Yashil makon” aksiyasida kosonsoylik imom xatiblar faollik koʻrsatishdi
🔹 Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatimizning barcha joylarida xayrli ishlar olib borilmoqda. Aksiya doirasida Namangan tumanining “Yetti buloq” istirohat bogʻida viloyatdagi diniy soha vakillari, ulamolar, nuroniylar hamda “Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari ishtirokida manzarali va mevali daraxtlarning koʻchati ekilib “Maʼrifat bogʻi” tashkil etildi. Ushbu tashkil […]
“Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasi ishga tushirildi
▪️Bu platforma – dunyoning istalgan davlatida ishlayotgan 45 yoshgacha bo‘lgan shifokorlar uchun. «Platformada eng yaxshi g‘oya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlik istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi», deb xabar qildi SSV.
Toshkentda shar sotib yurgan 9 yoshli bolakayning otasi jarimaga tortildi
▪️Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri kichik yoshli bolakayning shar sotayotgani haqida ma’lumot berib, bundan xavotirdaligini bildirgan. IIBB Yunusobod tumanida shar sotib yurgan 3-sinf o‘quvchisining otasi bilan bog‘lanib, uni MJtKning 47-moddasi: bolalarga tarbiya va ta’lim berish majburiyatini bajarmaslik bo‘yicha jarimaga tortdi.
MIB: ota 3 nafar farzandi uchun alimentni bir yo‘la to‘lab berdi
Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, sud buyrug‘iga ko‘ra, R.M,dan undiruvchi M.M foydasiga 3 nafar farzandi uchun voyaga yetgunga qadar aliment to‘lash belgilangan. MIB tomonidan fuqaro bilan olib borilgan tushuntirishlar samara bergan. U bir yo‘la o‘z farzandlari uchun 40 mln so‘m aliment mablag‘ni oldindan to‘lab bergan. Ijro ishi amalda tamomlangan.