🔘 “Yashil makon” aksiyasida kosonsoylik imom xatiblar faollik koʻrsatishdi
1 min read

🔘 “Yashil makon” aksiyasida kosonsoylik imom xatiblar faollik koʻrsatishdi

🔹 Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatimizning barcha joylarida xayrli ishlar olib borilmoqda.

Aksiya doirasida Namangan tumanining “Yetti buloq” istirohat bogʻida viloyatdagi diniy soha vakillari, ulamolar, nuroniylar hamda “Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari ishtirokida manzarali va mevali daraxtlarning koʻchati ekilib “Maʼrifat bogʻi” tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan bogʻni bardavom boʻlishini soʻrab jonliq soʻyilib ulamolar tomonidan duo-fotihalar oʻqildi.

Aksiyada Kosonsoy tumanidan tashrif buyurgan imom xatib va noiblar ham faollik koʻrsatib, daraxt ekilishida oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari J.Aloydinov, Namangan tumani hokimi S.Moʻminov hamda viloyatdagi barcha diniy soha vakillari ishtirok etdilar.

Shu kuni “Maʼrifat bogʻi”ga 2000 tupga yaqin mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati

Fikr bildirish