Mart 2022
Ramazon oyi 2-apreldan boshlanadi
▪️O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ulamolar kengashi 2022-yilda Ramazon oyining birinchi kuni 2-aprel, shanba kuniga to‘g‘ri keladi degan xulosaga keldi Prezident buni ma’lumot uchun qabul qilgan holda, “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” qaror imzoladi.
1-aprel kuni O‘zbekistonda havo harorati 27 darajagacha ko‘tariladi
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 1-aprel kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja […]
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar avtomobil yoʻlidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqiga ega.
Avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarga avtomobil yoʻlidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda qoplashi shart.
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ aholini oqova suv tarmoqlariga axlat tashlamaslikga chaqirdi.
“Afsuski, koʻpchilik yurtdoshlarimiz oqova suv tarmogʻiga turli xil chiqindilarni tashlab uning tiqilishiga oʻzi sababchi boʻlganini bilsada, ustalar tiqinni ochib nosozlikni bartaraf etgan kunning ertasigayoq bu achchiq haqiqatni unutadi va tarmoqni axlat idishi bilan adashtirishda davom etadi. Hurmatli yurtdoshlar, oqova suv tarmogʻiga sigareta qoldiqlari, turli xil matolar, selofan paket kabi suvda erimaydigan narsalar hamda meva-sabzavotu ovqat […]
Qaysi hududning pomidor eksporti hajmi ko‘proq?
🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar: 🔷 Xorazm viloyati – 3,6 ming tonna 🔷 Farg‘ona viloyati – 2,1 ming tonna 🔷 Buxoro viloyati – 1,8 ming tonna 🔷 Surxondaryo viloyati – 1,6 ming tonna 🔷 Qashqadaryo viloyati – 870 tonna 🔷 Namangan viloyati – 682,5 tonna […]
Uzcard yangi kartalarni tayyorlamoqda
▪️Yangi kartalarda, xuddi Humo kartalari kabi, kontaktsiz to‘lov funksiyasi (NFC) ham bo‘ladi. Uzcard’ning ma’lum qilishicha, yangi tipdagi kartani ochtirish bor-yo’g’i 5 daqiqa vaqt oladi. Mijoz bankka murojaat qilib, 5 daqiqa ichida yangi kartani olib ketishi mumkin. Bundan tashqari, yangi karta raqamlari hozirgidek 8600 emas, 5614 raqamlari bilan boshlanadi.
Namangan tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini yangi bajaruvchi tayinlandi
Podpolkovnik Abdullaev Sanjar Maxamadolimovich Namangan tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Pop tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. Manba: Kun.uz
Yangi kitoblar taqdimotlari oʻtkazildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida»gi farmoyishi asosida mamlakatimizda taniqli oʻzbek adiblari, dunyoning atoqli yozuvchilari asarlarini nashr etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. 2022 yilning yanvar – fevral oylari davomida noshirlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan […]
Uzbekistan Airways Namangan va Krasnoyarsk o‘rtasida «to‘liq ekonom» rejimida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Namangandan Krasnoyarskka parvozlar amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qilmoqda. Foto: Kun.uz 2022 yil 29 mart kuni «Sharqiy» hab loyihasi doirasida Uzbekistan Express Namangan – Krasnoyarsk – Namangan xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirgan. Ushbu yo‘nalishdagi muntazam aviaqatnovlar «to‘liq ekonom» formatida seshanba kunlari amalga oshiriladi. Namangandan uchish – 17:35 (Toshkent vaqti bilan), Krasnoyarskka […]
Prezident parlament yuborgan qonunni imzolamasdan qaytarib yubordi
▪️“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun bir qator taklif va mulohazalar bilan prezident tomonidan Qonunchilik palatasiga qaytarilgan. Qonunchilik palatasi bu qonunni o‘tgan yili 2-noyabr kuni qabul qilgan, Senat esa 15-dekabrda ma’qullagan edi. Oliy Majlis qabul qilgan qonunni prezident qaytarib yuborishi O‘zbekistonda kamdan kam bo‘ladi.