08 Sen, 2024
1 min read

Prezident qarori bilan Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

A. Muxammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. A. Muxammadiyev o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli masʼul lavozimlarida ishlagan. 2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i […]

1 min read

Alyaskada rekord darajada issiq harorat qayd etildi

▪️AQSHning eng sovuq shtati Alyaskaning Kodiak orolida yakshanba kuni +19.4 C issiq harorat qayd etildi. Bu – shtatdagi oldingi iliq haroratlardan qariyb 7 daraja yuqori. Biroq shtatning boshqa hududida harorat rekord darajada pasaygan. Janubi-sharqiy Ketchikan shahrida 25-dekabr kuni -18C harorat qayd etilgan. Shaharda bunday harorat o’tgan asrdan beri takrorlanmagandi.

1 min read

Endi korrupsion yo‘llar bilan haydovchilik guvohnomasi olib bo‘lmaydi

▪️»Prava» olish uchun imtihon o‘tkazish xususiy sektorga topshirilgan. Imtihonlar inson omili cheklangan, avtomatlashtirilgan avtodromda va xonalarda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilyapti, deb ogohlantirdi YHXBB. Avtomatlashtirilgan tizim haydovchilikka nomzodning darsga kelib ketishi, mashg‘ulotlarda qatnashi va ichki imtihonlardan o‘tishini ham avtomatik nazorat qiladi va shunga qarab yakuniy imtihonga kirishini belgilab beradi.

1 min read

📊 Qaysi hudud xorijdan eng ko‘p sement import qilgan?

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan eng ko‘p sement import qilgan hududlar: 🔸 Toshkent shahri – 1,2 mln. tonna 🔸 Farg‘ona viloyati – 433 ming tonna 🔸 Andijon viloyati – 371 ming tonna 🔸 Namangan viloyati – 160 ming tonna 🔸 Surxondaryo viloyati – 124 ming tonna 🔸 Toshkent viloyati […]

1 min read

Nodirbek Abdusattorov – tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni

❗️17 yoshli shaxmatchi Polsha poytaxti Varshavada o‘tgan rapid yo‘nalishidagi jahon chempionatida sensatsiya sodir etdi. U jahon reytingidagi eng kuchli 6ta shaxmatchining 4 nafarini mag‘lub etib (ular orasida amaldagi chempion Magnus Karlsen ham bor), jahon chempioniga aylandi. Jami 13ta turdan keyin ochkolar soni teng kelgach, O‘zbekiston vakili tay-brekda boshqa bir favorit – Yan Nepomnyashiydan ustun keldi. […]