Noyabr 2021
UzAuto Motors noyabr–dekabr oylarida avtomobil yetkazib berish majburiyatlarini bajara olmaydi
▪️Mashinasi noyabr oyida chiqishi kerak bo‘lganlarni shu oyning eng oxirgi kunigacha kuttirgan kompaniya ularning mashinasi yanvar oyida chiqishini ma’lum qildi. Dekabr oyiga va’da qilingan avtomobillar esa fevralda yetkazib berilishi e’lon qilindi. Sabab sifatida yana mikrochiplar tanqisligi ko‘rsatilgan. ↗️ O‘zbekistonliklar yangi mashinalari zavoddan chiqishini yarim yillab kutyapti. Buyoqda esa…
Kosonsoylik traktor yasagan o‘quvchi 94 mln so‘mlik grant sohibi bo‘ldi
Yosh ixtirochi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan «Bo‘lajak olim» tanlovida «Qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun agrotexnik ishlov berish mashinasining sanoat namunasini ishlab chiqish» startap loyihasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va loyihani moliyalashtirish uchun 94 000 000 so‘m mablag‘i sovrindori bo‘ldi.
Omikron varianti – koronavirus hali tugamasligining signali — JSST
▪️Koronavirusning yangi varianti dunyo bo‘ylab infeksiya tarqalishini ko’paytirishi mumkin, deb xavotirlanmoqda JSST rahbari Tedros Gerbeyesus. «Omikron misli ko‘rilmagan darajada ko‘p mutatsiyalarga ega. Hozir dunyo olimlari uning qanchalik tez tarqalishi va vaksinalarga ta’sirini o‘rganyapti», degan u. Lotin alifbosining 15-harfi bilan nomlangan yangi variant oy boshida JARda aniqlandi. Omikron sabab davlatlar chegaralarini yopyapti, aviaqatnovlar va sayohatlarga cheklovlar […]
O‘zbekistonda 3 nafar egizaklar tug‘ilishi 10 yilda 4 baravar ko‘paydi — Statqo‘m
▪️2010-yilda 103 nafar chaqaloq 3 egizak bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsa, 2020-yilda ularning soni 430ga yetgan.
Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi
▪️20,5 km masofalik yo‘nalishda qatnov 4ta jadval asosida 23 daqiqalik interval bilan bo’ladi. Avtobus Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Yunusobod mavzesi 12-dahagacha boradi. Yo‘lkira narxi 3 ming so‘m bo‘ladi.
Kelib chiqqan yong‘in qo‘shni xonadonga ham zarar yetkazdi
29-noyabr kuni soat 3:30 larda To‘raqo‘rg‘on tuman FVBga Shaxidon mahallasidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Yong‘in qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan va soat 3:40 larda yong‘in joyi o‘rab olingan. Yong‘in oqibatida yashash uyining shift va tom qismidan 200 kv.metr joyi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, uy egasiga tegishli hujjatlar hamda qo‘shni uyning tom qismidan […]
Toshkent yer usti metrosi qurilishiga $354,3 mln ajratiladi
▪️Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, mablag‘larning $208,4 mln – davlat budjeti, $108,4 mln – Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti, $500 ming – XXR Eksimbanki kreditlari va $37,07 mlni – davlat ulushiga to‘g‘ri keladi. Pulning asosiy qismi mashina, asbob-uskunalar va qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltiriladi.
40 yil oldin noyob miltiqlar o‘g‘irlagan amerikalikka 1 kunlik qamoq jazosi berildi
▪️78 yoshli Tomas Gevin AQSH ozodligi uchun kechgan urush davridagi noyob miltiqni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. U 1771-yilda yasalgan noyob «The Christian Oerter» miltig‘ini, 18–19-asrlarga oid boshqa noyob miltiqlarni ham o‘g‘irlaganini tan olgan. Va buning uchun unga atigi 1 kunlik qamoq jazosi tayinlandi. Og‘irroq jazo berilmaganiga sabab – Gevin o‘g‘rilikdan foyda olishni maqsad qilmagan, u […]
Pop tuman hokimligi partiyalar uchun 88 mln ajratib berdi
Pop tuman hokimining farmoyishiga asosan tumandagi siyosiy partiyalarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun pul mablag‘lari ajratilgan. Pop tuman mahalliy budjetining 2021-yil zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman hokimligiga 88.8 mln so‘m mablag‘ tumandagi siyosiy partiyalar moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratilgan.
Muzeylarning pulli xizmatlar ko’rsatishi mumkin bo’ldi
▪️Qonunga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, muzeylar daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerak.