Avgust 2021
Deputatlar – xalq xizmatida
Shu kunlarda yurtimiz boʻylab eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xalq deputatlari Namangan viloyat va shahar kengashi deputatlari Olimxon va Gʻiyosiddin Boboxonovlar tashabbusi bilan karantin talablariga rioya qilgan holda Namangan shahridagi “Sohibkor”, “Sumalak guzari”, “Chorsu”, “Sharq […]
NAMANGANDA PREZIDENT SAYLOVINI OʻTKAZUVCHI OKRUG SAYLOV KOMISSIYASI AʼZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 6-Namangan saylov okrugi tomonidan shu yil 24 oktyabrda boʻladigan muhim siyosiy tadbirni tashkillashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishni olib borgan 6-Namangan okrug saylov komissiyasi raisi, Namangan davlat universiteti rektori, professor Sobitxon Turgʻunov saylovni tashkillashning muhim jihatlariga eʼtibor qaratdi. Saylov kodeksi asosida, Namangan viloyatidagi okrug saylov komissiyasining raisi, uning oʻrinbosari […]
BOJXONA TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR NATIJA. NATIJALAR JURNALIST VA BLOGERLAR NIGOHIDA
Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash. Hayotimizning har jabhasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida aholi farovonligini taʼminlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksaltirish kabi bir qator ezgu gʻoyalar mujassam. Ana shunday isloh qilinayotgan sohalar qatorida mamlakatimiz iqtisodiy farovonligiga hissa qoʻshayotgan bojxona sohasida bugungi kunda qanday yangilanish va oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Bojxona sohasida amalga […]
MIB: Mingbuloqda aliment toʻlamagan otalar 15 sutkalik maʼmuriy qamoqga yoʻl olishdi.
Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tuman boʻlimi va jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi hamkorligida boʻlib oʻtgan sud jarayonida oʻz farzandlari uchun aliment mablagʻlarini oʻz vaqtida toʻlashdan qasddan boʻyin tovlayotgan 3 nafar fuqaroning ishi atroflicha koʻrib chiqildi. Fuqaro M.J turmush oʻrtogʻi A.B bilan ajrab ketgan va fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining 2011 yildagi sud buyrugʻiga asosan […]
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Namangan viloyati boʻlimiga rahbar saylandi.
Joriy yilning 17-avgust kuni Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Namangan viloyati boʻlimini tashkil etish boʻyicha onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari SH.Moʻmindjanov, Namangan viloyat hokimi oʻrinbosari, Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi B.Nuritdinov bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.Tuychiyev hamda tuman (shahar) boʻlim boshliqlari, sport-taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi. Yigʻilishda tashkiliy masala […]
Oʻzbekiston Respublikasida 30 yilda doimiy aholisi soni qanchaga oʻsdi?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 1991 yilda doimiy aholi soni 20,6 mln. kishini tashkil etgan. Respublikamizning doimiy aholisi soʻnggi 30 yil ichida 13,9 mln. kishiga oshgan. 2021 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni 34 558,9 ming kishini tashkil etgan.
📊Qaysi hududda qurilish korxonalari soni koʻp?
🏢 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning 1 avgust holatiga respublikamizda jami 44 106 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. ✅ Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 981 taga koʻp. ✅ 2021 yil yanvar-iyul oylarida 4 080 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan. ✅ Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni: 🔸Toshkent shahri – […]
Kichik tadbirkorlik subʼektlari viloyat eksportining 42 % ini amalga oshirmoqda
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Namangan viloyatida, 2021 yil yanvar-iyun oylarida kichik biznes subʼektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 107,1 million dollarni yoki umumiy eksport hajmining 42,0 % ini tashkil etdi. 2021 yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subʼektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jami eksportdagi ulushi, foizda; 🔹Chortoq – 100%, 🔹Yangiqoʻrgʻon […]
Joriy yilning 13 avgust kuni Uychi tuman madaniyat markazida tuman hokimi Muhammadzokir Mamatxonov, sektor rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va muammolarini bartaraf etish yuzasidan brifing tashkil etildi. Unda OAV va blogerlar vakillari qatnashdilar.
Tuman hokimi Muhammadzokir Mamatxonov joriy yilning 6 oyi davomida qabul qilingan murojaatlar tahlili boʻyicha maʼlumot berdi. Maʼruzachining taʼkidlashicha, tuman hokimligiga jami 3330 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1759 tasi yozma, 517 ta ogʻzaki hamda 1054 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar. Bu murojaatlarning 115 tasi yuridik shaxslardan va […]
OʻzLiDeP deputatlari Mingbuloq tumani chekka qishloqlaridagi 42 nafar xotin-qizlarni ragʻbatlantirishdi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan OʻzLiDeP Namangan viloyat kengashi, viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi hamda OʻzLiDeP deputatlik guruhi hamkorligida Mingbuloq tumani Dovduq, Gigant, Gulbogʻ va Amir Temur hududidagi chekka qishloqlarda aholi vakillari ishtirokida «Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirda viloyat Mahalla va oilani […]