Davlat imtihonidan yiqilgan talabaga 1 yilda 2 marta imtihon topshirish huquqi berildi
▪️Shu paytgacha yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan talaba yana 1 yil kutishi kerak edi. Yangi tartibga ko‘ra, endi talaba imtihondan yiqilsa, 3 yil davomida yiliga 2 marta imtihon topshirishi mumkin. Davlat imtihoni talabalardan yig‘iladigan arizalar soniga qarab tashkillashtiriladi.
21-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 21-noyabr kuni Namangan viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2… daraja sovuq, +3 daraja sovuq, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.
Global isishni sekinlashtiruvchi Amazon o‘rmonlari 1 yilda 22 foiz qisqargan
▪️Amazon o‘rmonlari 3 mln turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosi, 1 mln indeyslar vatani hisoblanadi. 2020/21-yillar oralig‘ida 13 ming kv km o‘rmon yo‘q bo‘lgan. Bu – 2006-yildan beri eng baland ko‘rsatkich. Bunga sabab – Braziliya prezidenti Bolsanaroning o‘rmon hududlarida qishloq xo‘jaligi va konchilik sanoatini ko‘paytirgani bo‘lgan. Braziliya Glazgodagi iqlim konferensiyasida 2030-yilgacha o‘rmonlar kamayishini to‘xtatishga va’da berdi.
11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yilidagi baholar OTMga kirishdagi ballga qo‘shiladi
▪️Bunda shahodatnomadagi 6 yillik baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi. O‘rtacha ko‘rsatkichni chiqarish uchun 6–11- yoki 6–9-sinflar va 1–2-bosqichlardagi yillik baholar yig‘indisi o‘qitilgan fanlarga bo‘linadi. Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va baholar quyidagicha hisoblanadi: 86-100% – 5 baho; 71-85% – 4 baho; 56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.
20-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 20-noyabr kuni Namangan viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1…-6 daraja sovuq, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston aholisining eng ko‘pini 4 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi
▪️Bundan tashqari, 5–9, 10-14 yoshlilar ham 3 mln.dan oshadi. 85 yosh va undan keksalar aholining eng kam qatlami hisoblanadi. — Statqo‘m
⚡️Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etiladi
Prezident qaroriga koʻra, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali — Nurafshon TV tashkil etiladi. Toshkent viloyati teleradiokanalining asosiy vazifalari etib «viloyatning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy hayotida roʻy berayotgan islohotlar, farovonlik, taraqqiyot va bunyodkorlik yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida aholini muntazam xabardor qilib borish» belgilandi. Telekanal, shuningdek, «joylarda islohotlarni amalga […]
Farg‘ona tumanida 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
▪️17-noyabr kuni Farg‘ona tumanida ota-o‘g‘il: 62 yoshli X.A va 31 yoshli X.B yashash joyida is gazidan zaharlanib vafot etdi.
2021-yilning 9 oyida 3,7 ming nafar ayolning homilasida tug‘ma nuqson borligi aniqlandi
▪️541,5 ming yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ma gipotireoz (qalqonsimon bez faoliyatining keskin susayishi) va fenilketonuriya (ruhiy rivojlanish susayishiga olib keluvchi tug‘ma modda almashinuvi buzilishi) kasalliklariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilgan. Va 11 mingdan oshiq chaqaloqda bu kasalliklarga moyillik borligi aniqlangan, deb xabar berildi Senat yalpi majlisida.
AQSHda 1 yilda giyohvand moddalardan 100 ming kishi vafot etdi
▪️Bu – Qo‘shma Shtatlardagi qurolli to‘qnashuvlar va avtohalokat qurbonlari sonidan ko‘p. Giyovand moddalardan o‘lim 2020-yilning aprelidan 2021-yilning apreligacha 30 foizga oshgan. Shu paytgacha mamlakatda dorilar sabab yillik o‘lim bu darajaga yetmagan. Dorilarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish pandemiya davrida ortgan. Buni pandemiyaning psixologik ta’siri va doriga qo‘shiladigan o‘ziga qaram qiluvchi moddalarning ko‘paygani bilan izohlamoqda ekspertlar.