⚡️Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etiladi
1 min read

⚡️Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etiladi

Prezident qaroriga koʻra, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali — Nurafshon TV tashkil etiladi.

Toshkent viloyati teleradiokanalining asosiy vazifalari etib «viloyatning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy hayotida roʻy berayotgan islohotlar, farovonlik, taraqqiyot va bunyodkorlik yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida aholini muntazam xabardor qilib borish» belgilandi.

Telekanal, shuningdek, «joylarda islohotlarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan omillarni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati yuzasidan samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish»ga koʻmaklashishi kerak.

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati teleradiokanali uchun bino qurishga 1,3 gektar yer maydoni ajratildi.

Manba:

Fikr bildirish