2021
Oʻzbekistonda 152ta oliy taʼlim muassasasi bor
▪️Shundan 27tasi universitet, 45tasi institut, 3tasi akademiya, 1tasi konservatoriya. Filiallar 29 ta, xorijiy OTM va uning filiallari 29ta, xususiy OTMlar 18taga yetadi.
Deputatlarga aholi tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq masalalar joyida hal etildi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babahanov va Gʻiyosiddin Babahanovlar tomonidan aholi vakillarining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirib kelinmoqda. Birgina noyabr oyining oʻtgan davrida aholi, ayniqsa ehtiyojmand oilalar tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq masalalar deputatlarning tashabbusi va homiylik mablagʻlari hisobiga joyida hal etildi. […]
Moskvada migrantlar uchun yotoqxonalar qurilishi mumkin
▪️Bu haqda viloyat gubernatori Andrey Vorobyov ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, yangi turdagi ixcham modulli yotoqxonalar sanoat zonalari va qurilish ob’yektlari hududida joylashadi. Migrantlar uchun qulay-sharoit yaratish uchun ularga ish beruvchi kompaniyalar mas’ul bo‘ladi.
Namanganda 14 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari istiqomat qilmoqda
22-noyabr holatiga Namangan viloyatida 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari soni 14 nafarni tashkil qilmoqda. 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari soni hududlar bo‘yicha: Namangan shahrida – 3 nafar; Namangan tumanida – 1 nafar; Norin tumanida – 2 nafar; Pop tumanida – 2 nafar; To‘raqo‘rg‘on tumanida – 1 nafar; Chust tumanida – 3 nafar; Yangiqo‘rg‘on […]
O‘zbekiston aholisining 11,5 foizi pensiya va nafaqa oladi
▪️1-noyabrda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 milliondan oshdi, deb xabar qildi Pensiya jamg‘armasi. Pensiya va nafaqa oluvchilarning 56,7 foizi – ayollar.
Aksilkorrupsiya agentligi xodimlariga qamoqxonalarga moneliksiz kirish huquqi berildi
▪️Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, agentlik xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish, hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslar va ularning yaqinlari davlat himoyasiga olinadigan bo’ldi.
Afg‘onistonda ayollarning kino va seriallarda rol o‘ynashi taqiqlandi
▪️Ayol jurnalist va boshlovchilarning ham yopinchiqda bo‘lishi majburiy bo‘ladi. Lekin hozircha yopinchiq qanday ko‘rinishda bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, xorij madaniyatini targ‘ib qiladigan chet el mahsulotlari ham televideniyeda namoyish qilinmaydigan bo‘ldi. Telekanallarda, asosan, xorij manbalaridan olingan shou va dramalar namoyish qilib kelingan. Shuning uchun kanal egalari yangi tartib sabab ishlari to‘xtab qolishidan xavotirda. Toliblar xotin-qizlarning ish […]
Oʻzbekiston 10 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgan?
🏢 Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida qiymati 747,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,2 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. 🔸 meva va rezavorlar – 267,2 ming tonna 🔸 quritilgan meva va rezavorlar – 45,4 ming tonna 🔸 sabzavotlar – 649,1 ming tonna 🔸qalampir – 13,9 ming tonna 🔸 […]
Davlat imtihonidan yiqilgan talabaga 1 yilda 2 marta imtihon topshirish huquqi berildi
▪️Shu paytgacha yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan talaba yana 1 yil kutishi kerak edi. Yangi tartibga ko‘ra, endi talaba imtihondan yiqilsa, 3 yil davomida yiliga 2 marta imtihon topshirishi mumkin. Davlat imtihoni talabalardan yig‘iladigan arizalar soniga qarab tashkillashtiriladi.
21-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 21-noyabr kuni Namangan viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2… daraja sovuq, +3 daraja sovuq, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.