Deputatlarga aholi tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq masalalar joyida hal etildi
1 min read

Deputatlarga aholi tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq masalalar joyida hal etildi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babahanov va Gʻiyosiddin Babahanovlar tomonidan aholi vakillarining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirib kelinmoqda.

Birgina noyabr oyining oʻtgan davrida aholi, ayniqsa ehtiyojmand oilalar tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq masalalar deputatlarning tashabbusi va homiylik mablagʻlari hisobiga joyida hal etildi.

– Namangan shahri Temir koʻchasi 15 uyda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand fuqaro Ikramova Naziraga 1 tonna koʻmir, Gʻuncha koʻchasi 51-A uyda yashovchi, boquvchisini yoʻqotgan fuqaro Mamadaliyeva Marxaboga uy tomini yopish uchun 50 dona shifer, 5-Shohimardon koʻchasi 10-uyda yashovchi fuqaro Saidbayeva Zamiraga starapil uchun 100 metr reyka, Suvjuvoz koʻchasidagi Masjid binosida vaqtincha yashayotgan Boymatov Joʻravoy uchun qurilayotgan 2 xona uyga eshik deraza va pol uchun DSP hamda Osuda koʻchasi, 9-berk koʻcha 5 uyda yashovchi Soliyeva Gavharga 17 metr devor uchun 520 dona beton gʻisht mahsulotlari xomiylik asosida olib berildi.

– Ipak yoʻli koʻchasida yashovchi fuqaro Karimova Aqidaning bemor qizi yashayotgan uyining ijara haqqiga 2 mln.soʻm, 5-A kichik nohiya 7 uy 17-xonadonda yashovchi fuqaro Axmedova Nigoraning qizi Mamadaliyeva Muslimani davolatishga dori-darmon uchun 1,5 mln. soʻm, Bahor koʻchasi 16-uyda yashovchi fuqaro Umarova Munisaga mahalliy soliqlardan boʻlgan qarzdorligini toʻlash uchun 1,0 mln. soʻm xomiylik mablagʻi berildi.

– Ish bilan taʼminlashda amaliy yordam soʻragan 3 nafar ishsiz fuqarolarga “Art Soft Tex” ishlab chiqarish korxonasidan ish taklif etildi.

Deputatlarimizning aholi tomonidan bildirilayotgan xar bir murojaatga alohida yondoshayotganligi ularga boʻlgan ishonchni yanada orttiradi deydi – OʻzLiDeP Namangan viloyat Kengashi masʼul xodimi Elyorbek Joʻrayev. Olib borilayotgan xayrli ishlar esa xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish