2021
Qoraqalpog‘istonda brokonyerlar 14ta jayronni noqonuniy ovladi
▪️Ekoinspektorlar 12-dekabr kuni Taxtako‘pir tumani cho‘l hududida 14ta jayron, 5ta yovvoyi quyon otilganini aniqlashgan. Brokonyerlar voqea joyidan qochishga ulgurishgan. Hozir tekshiruv ishlari olib borilyapti.
Ilon Mask kompaniyasi havodagi is gazidan raketa yoqilg‘isi olishni rejalashtiryapti
▪️Ilon Mask bu tajriba Marsga sayohatni amalga oshirish uchun ham muhim bo‘lishini bildirgan. Ilon Mask Time jurnali versiyasiga ko‘ra 2021-yil odami deb topildi.
2020-yil Yer sharining shimoliy qismi uchun tarixdagi eng issiq yil bo‘ldi
▪️2020-yilda shimoliy hudud: Sibirda 38 darajadan yuqori harorat qayd etildi. BMTning Xalqaro Meteorologiya Tashkiloti shimoliy hududlarni bundan ham issiq kelajak kutayotgani haqida ogohlantirdi.
Deputat soʻrovi ijrosi taʼminlanib, Chinor va Sohibkor mahallalari hududidagi 3 kilometr ichki koʻchalar asfaltlandi, 630 kv kuchlanishga ega yangi transformator va temir beton tayanchlari oʻrnatildi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan aholi farovonligini yaxshilash, mavjud muammolarni hal etish va mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida noyabr oyida Chinor va Sohibkor mahallalaridagi bir qator muammolar ijobiy yechimini topdi. Deputatlar tomonidan yoʻl qurilishi va elektr taʼminoti korxonalariga yuborilgan deputatlik soʻrovi ijrosi taʼminlanib, Chinor […]
Dollar kursi yangi maksimum – 10 880 so‘mga yetdi
▪️Bugun aksariyat banklarda 1 AQSH dollarini sotish kursi 10 880 so‘mga chiqdi. Sotib olish kursi 10 770 – 10 820 so‘m oralig‘ida. Markaziy bank so‘rovlaridan ma’lum bo‘lishicha, aholi va biznesning inflatsion kutilmalari keskin oshgan. Aholi keyingi 12 oyda inflatsiya 16,5 foiz, tadbirkorlar esa 15,6 foiz inflatsiyani kutmoqda. Ular asosiy sabab sifatida so‘m qadrsizlanishi va yoqilg‘i […]
Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi
▪️Ijtimoiy tarmoqlarda talaba ijarada turgani uchun daromad solig‘i to‘lashi kerakligi haqida xabar tarqaldi. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, talabaga bunday majburiyat yuklatilmaydi. Mol-mulk uchun daromad solig‘ini uyini ijaraga beruvchi to‘laydi. Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi. Buni avtomatik hisoblaydigan “Ijara.soliq.uz” elektron tizimi 1-yanvardan ishga tushadi.
Yangi yilda barcha xodimlarga 5 kun dam berilishi mumkin
▪️Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2022-yilda 3-yanvar — dushanba, 4-yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilanishi kutilmoqda. Shunda xodimlar 31-dekabrdan 4-yanvargacha dam olishlari mumkin bo‘ladi.
Haftaning birinchi yarmi sovuq bo‘lib, ikkinchi yarmida harorat sekin-sekin ko‘tariladi — O‘zgidromet
▪️Bu hafta ob-havo ko‘pyillik me’yoriy qiymatlarga qaraganda sovuqroq bo‘lishi kutilyapti. Kunduzi 3-5 daraja iliq, kechasi 1-3 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi. 16-17-dekabr kunlari antisiklon chekinib, kunduzi 7-10 daraja iliqqacha ko‘tarilishni boshlaydi.
Xotin-qizlarga gap otganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkin
▪️Bu bo‘yicha Adliya vazirligi taklif bilan chiqdi. Taklifga ko‘ra, ayollarning nafsoniyatiga tegadigan gap-so‘zlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash, ayollarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim. Bundan tashqari, xotin-qizlarning turli ko‘rinishdagi video, rasmlarini tarqatish ko‘p uchramoqda. Intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun ham javobgarlik belgilanyapti.
1-yanvardan poytaxtda avtobus, metroda yo‘lkiralar oshishi kutilyapti
▪️Avtobus va metro yo‘lkirasi 1 700 so‘m, bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat 3 ming so‘m etib belgilanishi to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi.