Deputat soʻrovi ijrosi taʼminlanib, Chinor va Sohibkor mahallalari hududidagi 3 kilometr ichki koʻchalar asfaltlandi, 630 kv kuchlanishga ega yangi transformator va temir beton tayanchlari oʻrnatildi
1 min read

Deputat soʻrovi ijrosi taʼminlanib, Chinor va Sohibkor mahallalari hududidagi 3 kilometr ichki koʻchalar asfaltlandi, 630 kv kuchlanishga ega yangi transformator va temir beton tayanchlari oʻrnatildi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan aholi farovonligini yaxshilash, mavjud muammolarni hal etish va mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida noyabr oyida Chinor va Sohibkor mahallalaridagi bir qator muammolar ijobiy yechimini topdi.

Deputatlar tomonidan yoʻl qurilishi va elektr taʼminoti korxonalariga yuborilgan deputatlik soʻrovi ijrosi taʼminlanib, Chinor va Sohibkor mahallalari hududidagi 3 kilometr ichki koʻchalar asfaltlandi, 630 kv.kuchlanishga ega yangi transformator va temir beton tayanchlari oʻrnatildi.

Bu kabi bunyodkorlik va taʼmirlash ishlari aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va yurt farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish