19 Sen, 2024
1 min read

31-dekabrdan 4-yanvargacha poyezd chiptalariga chegirma e’lon qilindi

▪️»O‘zbekiston temir yo‘llari»ga ko‘ra, chiptalar: ▫️nafaqaxo‘rlar, nogironlar, urush qatnashchilariga – 50 foiz; ▫️OTM, kollej, litsey, IIV, MV, DXX, DS, DB talabalari, maktab o‘quvchilari, oilaviy, jamoa bo‘lib bilet oluvchilarga – 15 foiz; ▫️ «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida esa barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10 foiz chegirma qilinadi.

1 min read

Olmaliqdagi konlarda 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxirasi tasdiqlandi – prezident

▪️»Biz geologiya bo‘yicha o‘rganishlarni boshlaganimizda 16 mln tonnalik zaxira bor deb hisoblardik. Oltin bo‘yicha raqamlarga e’tiborga e’tibor bering – agar eng katta konimiz bo‘lgan Muruntovda 3 ming tonna oltin zaxiramiz bo‘lsa, Olmaliqdagi 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxiralari borligi rasman tasdiqlandi”, – dedi prezident Olmaliqdagi bugungi uchrashuvda.

1 min read

Namanganga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi 3 millionga yetkaziladi

Eʼtibordan chetda qolgan 5 ta madaniy meros obʼekti restavratsiya qilinadi hamda ularga olib boruvchi infratuzilmalar tiklanadi. Boborahim Mashrab bilan ustozi “Mulla Bozor Oxun” maqbaralari rekonstruksiya qilinib, ziyoratgohga aylantiriladi. “Qodirxoʻja Eshon” uyi arxitektura yodgorligida 10 ming dona eksponat, nodir topilma va buyumlarni saqlash va namoyish qilish uchun, yangi Adabiyot va sanʼat muzeyi tashkil etiladi. Viloyatda yangi […]

1 min read

Rossiyada Putindan boshqa siyosiy prezident qolmadi

▪️Vladimir Putin imzolagan qonun bilan, hududlar rahbarlarini bundan buyon rasman prezident deb atash taqiqlandi. Ularning lavozimini mahalliy qonunlar asosida gubernator yoki shu kabi boshqa nom bilan atash mumkin, lekin prezident deb bo‘lmaydi. Bu qonun asosida, shuningdek, hududiy rahbarlar ikki martadan ortiq saylanishi mumkin bo‘ldi. Avval ular xuddi mamlakat prezidenti kabi ikki martadan ko‘p saylanishga haqli […]

1 min read

«Men ham buning tarafdori emasman» — Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida

▪️Toshkentda o‘tgan yoshlar forumida adliya vaziridan totalizatorlar haqidagi fikri so‘ralgan. «Taqiqlash haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, hozir inson sifatidagi va adliya vaziri sifatidagi fikrim aralashib ketib qoladi. Lekin ikkalasi aralashsa ham aytaman: men ham buning tarafdori emasman», – dedi u. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil qilganlarga ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik bor.

1 min read

Rasman: Yangi yilda – ketma-ket 5 kun dam

▪️Prezident farmoni imzolandi. Unga asosan: ▫️31-dekabr – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni ▫️1-yanvar – Yangi yil munosabati bilan dam olish kuni ▫️2-yanvar – yakshanba ▫️3-yanvar – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni ▫️4-yanvar – olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 8-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan […]