Namanganga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi 3 millionga yetkaziladi
1 min read

Namanganga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi 3 millionga yetkaziladi

Eʼtibordan chetda qolgan 5 ta madaniy meros obʼekti restavratsiya qilinadi hamda ularga olib boruvchi infratuzilmalar tiklanadi.

Boborahim Mashrab bilan ustozi “Mulla Bozor Oxun” maqbaralari rekonstruksiya qilinib, ziyoratgohga aylantiriladi.

“Qodirxoʻja Eshon” uyi arxitektura yodgorligida 10 ming dona eksponat, nodir topilma va buyumlarni saqlash va namoyish qilish uchun, yangi Adabiyot va sanʼat muzeyi tashkil etiladi.

Viloyatda yangi turizm zonalari hamda yangi turistik marshrutlar tashkil etish orqali turizm xizmatlari eksport hajmi 30 mln.dollarga, viloyatga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi 3,0 mln.nafarga yetkaziladi.

Fikr bildirish