“Oʻzsuvtaʼminot” AJ aholini oqova suv tarmoqlariga axlat tashlamaslikga chaqirdi.
1 min read

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ aholini oqova suv tarmoqlariga axlat tashlamaslikga chaqirdi.

“Afsuski, koʻpchilik yurtdoshlarimiz oqova suv tarmogʻiga turli xil chiqindilarni tashlab uning tiqilishiga oʻzi sababchi boʻlganini bilsada, ustalar tiqinni ochib nosozlikni bartaraf etgan kunning ertasigayoq bu achchiq haqiqatni unutadi va tarmoqni axlat idishi bilan adashtirishda davom etadi. 

Hurmatli yurtdoshlar, oqova suv tarmogʻiga sigareta qoldiqlari, turli xil matolar, selofan paket kabi suvda erimaydigan narsalar hamda meva-sabzavotu ovqat qoldiqlarini tashlamang! 

Bunday beparvolikning jabrini birinchi navbatda oʻzingiz koʻrishingizni unutmang!”, – deyiladi murojaatda.

Fikr bildirish