Mingbuloq tumani XTBda mas’ul shaxs pora bilan qo‘lga olindi
1 min read

Mingbuloq tumani XTBda mas’ul shaxs pora bilan qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida tuman xalq ta’limi bo‘limida ishlovchi mansabdor shaxslardan biri M.X. yashash manzili atrofida fuqaro Q.B.dan maktab direktorligi lavozimiga tegishli buyruq chiqarib berish uchun 2 million 150 ming so‘m hamda 200 dollar miqdordagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat bo‘yicha JKning tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish