1 min read
Ukrainada yoshlar uchun iqtisodiy pasport joriy qilinishi mumkin
▪️Bu haqdagi qonun loyihasini prezident Vladimir Zelenskiy parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim qildi. Unga ko‘ra, har bir bolaning iqtisodiy pasportida kamida $10 ming jamg‘arma yig‘iladi. Bu pullar mamlakat yer osti boyliklaridan keladigan daromad hisobidan bo‘ladi.
Bu mablag‘dan bola 18 yoshga to‘lganda ta’lim, Ukrainadan uy-joy sotib olish, pensiya jamg‘armasi va davolanish uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi.