Afv etilgan shaxslar bilan viloyat hokimi uchrashdi
1 min read

Afv etilgan shaxslar bilan viloyat hokimi uchrashdi

Prezident farmoniga asosan, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan 182 nafar mahkum Konstitutsiya kuni arafasida afv etildi.

Ular orasida 4 nafar namanganliklar ham bor. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari afv etilganlar bilan uchrashdi.

Muloqotda afv etilgan fuqarolarning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy muhofazasi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ishga joylashtirish singari qator masalalar tilga olinib, viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.

Fikr bildirish