«Nexia» urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi
1 min read

«Nexia» urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

3-dekabr kuni soat 20:20 larda, Chust tumani Shoyon mahallasi hududida, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro «Nexia» mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1967-yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.

Oqibatda, piyoda o‘ta og‘ir tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Fikr bildirish