6-sinf o‘quvchisi YTH qurboni bo‘ldi
1 min read

6-sinf o‘quvchisi YTH qurboni bo‘ldi

6-dekabr kuni soat 9:00 larda, Pop tumanining Guliston mahallasi hududida, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro Damas mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 2009-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fikr bildirish