“Dizayn”chilar bir odamning 30 ming dollarini qaytarmayotgani ma’lum bo‘ldi
1 min read

“Dizayn”chilar bir odamning 30 ming dollarini qaytarmayotgani ma’lum bo‘ldi

▪️Kun.uz’ning xabar berishicha, jamoa o‘tgan yili karantin paytida bir tadbirkorning YouTube’dagi kanalida onlayn konsert berishni rejalashtirgan. Kanal egasi buning uchun ularga 60 ming dollar berishga rozi bo‘lgan. Konsertdan tushgan pullarni 30/70 taqsimlashga kelishilgan (70 foiz – tadbirkorga).

Lekin qiziqchilar 30 ming dollarni olgach, tomonlar o‘rtasida nizo chiqqan va 20-dekabrga belgilangan konsert tadbirkorning kanalida berilmagan. Oradan 9 kun o‘tib videoni “Dizayn”chilar o‘z kanallarida chiqarishgan.

Sud jamoaning to‘rt a’zosiga (Dilshod, Qobil, Abdurahmon, Sa’dulla) 336 132 799 mln so‘m majburiyat yukladi. Ular uchta sudda ham yutqazdi.

Pulni undirish bilan MIB shug‘ullanyapti. Jamoa a’zolarining O‘zbekistondan chiqishi man etilgan; Qobil Karimberdiyevning 2 ta, Dilshod Musabekovning 1 ta mashinasiga taqiq qo‘yilgan.

Fikr bildirish