“Jaloliddin Manguberdi vorislari” shiori ostidagi viloyat hokimi, harbiy maʼmuriy sektor rahbari sovrini uchun tanlov oʻtkazildi.
1 min read

“Jaloliddin Manguberdi vorislari” shiori ostidagi viloyat hokimi, harbiy maʼmuriy sektor rahbari sovrini uchun tanlov oʻtkazildi.

Joriy yilning 27 dekabr kuni Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021 yil 22-noyabrdagi F-4 sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida harbiy qismlardagi muddatli harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida “Jaloliddin Manguberdi vorislari” shiori ostidagi viloyat hokimi, harbiy maʼmuriy sektor rahbari sovrini uchun tanlov oʻtkazildi.

Ushbu tanlovda 5 ta jamoa yaʼni 07648 harbiy qism jamoasi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazi jamoasi, 7254 harbiy qism jamoasi, Milliy gvardiya boshqarmasi jamoasi, viloyat Yoshlar ittifoqi terma jamoasi ishtirok etdi.

Tanlovda 1 oʻrinni 07648 harbiy qism jamoasi

2 oʻrinni viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazi jamoasi,

3 oʻrinni 7254 harbiy qism jamoasi egallashdi.

Fikr bildirish