Nodirbek Abdusattorov – tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni
1 min read

Nodirbek Abdusattorov – tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni

❗️17 yoshli shaxmatchi Polsha poytaxti Varshavada o‘tgan rapid yo‘nalishidagi jahon chempionatida sensatsiya sodir etdi. U jahon reytingidagi eng kuchli 6ta shaxmatchining 4 nafarini mag‘lub etib (ular orasida amaldagi chempion Magnus Karlsen ham bor), jahon chempioniga aylandi.

Jami 13ta turdan keyin ochkolar soni teng kelgach, O‘zbekiston vakili tay-brekda boshqa bir favorit – Yan Nepomnyashiydan ustun keldi.

Nodirbek – rapid yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan eng yosh shaxmatchi sifatida tarixga kirdi. U mazkur g‘alabasi bilan 60 ming dollarni ham qo‘lga kiritdi. 29–30-dekabr kunlari blits yo‘nalishida ham jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Chempionni Shavkat Mirziyoyev ham tarixiy g‘alaba bilan qutladi.

Nodirbek 13 yosh-u 1 oyligida grossmeyster bo‘lgan. Bungacha tarixda faqat bir shaxmatchi – Sergey Karyakin bundan kichikroq yoshda (12 yosh-u 7 oy) grossmeyster unvonini olgandi.

Fikr bildirish