Endi korrupsion yo‘llar bilan haydovchilik guvohnomasi olib bo‘lmaydi
1 min read

Endi korrupsion yo‘llar bilan haydovchilik guvohnomasi olib bo‘lmaydi

▪️»Prava» olish uchun imtihon o‘tkazish xususiy sektorga topshirilgan. Imtihonlar inson omili cheklangan, avtomatlashtirilgan avtodromda va xonalarda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilyapti, deb ogohlantirdi YHXBB.

Avtomatlashtirilgan tizim haydovchilikka nomzodning darsga kelib ketishi, mashg‘ulotlarda qatnashi va ichki imtihonlardan o‘tishini ham avtomatik nazorat qiladi va shunga qarab yakuniy imtihonga kirishini belgilab beradi.

Fikr bildirish