Prezident qarori bilan Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
1 min read

Prezident qarori bilan Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

A. Muxammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

A. Muxammadiyev o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli masʼul lavozimlarida ishlagan.

2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Adliya vazirligi jamoasi Muxammadiyev Aktam Zayniddinovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida, masʼuliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Fikr bildirish