YIL SARHISOBI
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tomonidan saylovoldi dasturi ijrosini taʼminlash, ayniqsa xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf koʻmaklashish maqsadida 2021 yil davomida tashkil etilgan deputatlik qabuli va oʻtkazilgan uchrashuvlarda 207 ta murojaatlar bildirildi. Ularning 105 tasi joyida hal etildi. 64 ta murojaatni hal etishga amaliy yordam koʻrsatildi. 27 tasi boʻyicha huquqiy maslahat, tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Davlat tashkilotlari va idoralariga tegishli boʻlgan murojaatlar yuzasidan 11 ta deputatlik soʻrovi yuborilib, 8 tasi ijrosi taʼminlanib, 3 tasining ijrosi nazoratga olindi.
Shundan Namangan shahrining “Gulpora” va “Sumalak guzari” mahallasining Yigchi, Baliqchi va Sumalak koʻchalaridagi 450 metr suv tarmogʻi deputatlarning begʻaraz xomiylik yordami asosida yangilanib natijada 87 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan yana toʻliq taʼminlandi.
Aholi murojaatlari boʻyicha hokimlik va yoʻl qurilishi tashkilotiga kiritilgan deputatlik soʻrovlari asosida 2021 yil manzilli dasturi asosida Sohibkor, A.Temur, Chinor, Chorsu, Gʻishtkoʻprik, Sumalak guzari, Sharshara va Madaniy mahallalari hududidagi 26,2 kilometr avtomobil yoʻllari va ichki koʻchalar kapital taʼmirlandi.
Namangan shahri hududidagi ehtiyojmand xonadonlar vakillari tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida fuqaro N.Ikramovaga
1 tonna koʻmir, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar M.Mamadaliyevaga uy tomini yopish uchun 50 dona shifer, X.Mamatxoʻjayevaga uy-joy qurish uchun
20 mln. soʻm mablagʻ va 450 dona beton gʻisht, fuqaro Z.Saidbayevaga 2 xona uyi starapilasi uchun reyka, ehtiyojmand fuqaro J.Boymatovga 2 xona uyga eshik deraza va pol uchun DSP, fuqaro G.Soliyevaga 17 metr devor uchun 520 dona beton gʻisht mahsulotlari xomiylik asosida olib berildi.
Ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlashga koʻmaklashish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, oʻtkazilgan uchrashuvlarda onkologik, nevrologik, suyak yemirilishi, jigar serrozi, koʻz, bel grijasi, insult kasalligi bilan bir necha yildan buyon yotib qolgan bemorlar hamda davolanish uchun moddiy jihatdan qiynalayotgan 22 nafar fuqarolar aniqlanib, ularga davolanish va dori-darmon sotib olish uchun 30 mln. soʻmlik xomiylik mablagʻlari berildi.
Mahallalarda istiqomat qilayotgan 800 nafardan ortiq keksa-nuroniylar, nogironligi boʻlgan shaxslar, bir necha yildan buyon yotib qolgan bemorlar va ehtiyojmand oilalar vakillari holidan xabar olinib, ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlandi.