Buyuk Britaniyada ham to‘rt kunlik ish haftasi sinab ko‘riladi
1 min read

Buyuk Britaniyada ham to‘rt kunlik ish haftasi sinab ko‘riladi

▪️Shu yil iyundan boshlab Britaniyada 4 kunlik ish haftasi ustida eksperiment-loyiha boshlanadi. 4 Day Week Global jamoat birlashmasi tashkil qilayotgan loyihada hozircha 30ta kompaniya qatnashyapti.

Bu kompaniyalar yarim yil davomida xodimlariga haftasiga 32 soat ishlashga, bu soatlarni xohlasa 4 kun, xohlasa 5 kunga bo‘lib olishga ruxsat beradi. Tajriba davomida ishchilarning oyligi va qo‘shimcha bonuslar avvalgidek saqlanib qoladi.

Loyihadan maqsad – xodim necha soat ishlagani emas, qanchalik samarali ishlagani muhimligini ko‘rsatish. Tadqiqotlar haftasiga 4 kun ishlaganda odamning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriroq bo‘lishi va kamroq charchashini ko‘rsatgan.

Fikr bildirish