NIQOB TAQQAN SOGʻ YURAR
1 min read

NIQOB TAQQAN SOGʻ YURAR

Bugungi kunda Namanganda yangi bir maqol soʻzlashuv isteʼmolida paydo boʻldi. U ham boʻlsa karantin davrida oʻz isbotini topgan. Niqob taqqan sogʻ yurar » naqlidir.

Tan olishimiz kerak, koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga kirib kelgan oʻsha ogʻir kunlarda eng avvalo jonimizga niqob, qolaversa, antiseptik vositalar, oraliq masofani saqlash kabi talablar aro kirgandi. Ammo hududlardagi ijobiy jarayonlar sabab, karantin qoidalariga bepisandlik bilan qarash, infeksiyaning yangi mutatsiyalarini paydo boʻlishi bizni yana oʻz » imtihon»iga oldi. Niqob taqmay yurganlar orasida yana virus yuqtirgan, tibbiy muassasalarga murojaat etayotganlar koʻpaydi.

Ana shunday tashvishli kunlarda Namangan viloyat SEO va JSB hamda uning shahar, tuman boʻlimlari tashabbus bilan chiqdi. Hamkor tashkilotlar; sogʻliqni saqlash boshqarmasi, milliy gvardiya shaxsiy tarkibi bilan hamkorlikda jamoat joylari, bozor, savdo majmualarida niqobsiz yurgan aholi qatlami bilan tushuntirish va targʻibot tadbirlari oʻtkazdi.

10000 donadan ziyod niqob tarqatildi. Namangan televideniyesi bilan hamkorlikda tayyorlangan quyidagi koʻrsatuvda ana shunday haqda gap boradi.

Fikr bildirish