Uychi tumanida “Barkas Teks” MCHJ faoliyatini boshladi.
1 min read

Uychi tumanida “Barkas Teks” MCHJ faoliyatini boshladi.

Korxonaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining oʻrinbosari Okibjon Inomov soʻzga chiqdi va Uychi tumanini 2021-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish investitsiya dasturiga muvofiq mazkur jamiyatning “Ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi investitsiya dasturiga kiritilgani va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bilan tabrikladi.

2021-2022 yillarda qayta modernizatsiya qilish uchun korxona tomonidan 63,0 mlrd.soʻm, tashabbuskorning oʻz mablagʻi hisobidan Germaniya va Turkiya davlatlaridan yangi 5,5 mln.dollarlik zamonaviy paxta tolasidan ip yigirish dastgoh-uskunalari olib kelinib oʻrnatildi. Natijada tumandagi 300 nafar ishsiz yoshlar va ayollar ish bilan taʼminlandi.

Ushbu korxona yiliga 15 ming tonna paxtani qayta ishlaydi va 6,2 ming tonna momiq sochiqlar ishlab chiqaradi.

Bu esa Uychi tumanini ishsizlikdan holi hududga aylantirish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirishga, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻsishini taʼminlashga, aholining turmush darajasi ortishiga xizmat qiladi.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 70 foizi, yaʼni 10,0 mln. dollarlik tayyor mahsulotlar Xitoy va Turkiya davlatlariga eksport qilinadi.

Fikr bildirish