Ayol – mehr-oqibat va sadoqat timsoli
1 min read

Ayol – mehr-oqibat va sadoqat timsoli

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari

Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan Namangan shahridagi Chorsu, Sharq tongi, Chinor, Amir Temur va Sohibkor mahallasidagi xotin-qizlar ishtirokida “Ayol – mehr-oqibat va sadoqat timsoli” shiori ostida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida

1 mart kuni xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Ayollarni ijtimoiy himoya qilish, uy-joy sharoitini yaxshilash, salomatligini tiklash, qizlarning yaxshi taʼlim olishi, ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish va bandligini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv soʻnggida ishtirokchi xotin-qizlarga 8-mart Xalqaro xotin-qizlari kuni munosabati bilan deputatlarning bayram sovgʻalari topshirildi.

Fikr bildirish