Yangi Namangan tuman davlat xizmatlari markazi binosini foydalanishga topshirildi
1 min read

Yangi Namangan tuman davlat xizmatlari markazi binosini foydalanishga topshirildi

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar negizida “Inson qadri uchun” tamoyili barcha sohalarda oʻz aksini topmoqda. Ayniqsa, aholiga xizmat koʻrsatish, ularni uzogʻini yaqin mushkulini oson qilish yoʻlida Adliya Vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgani fuqarolarning vaqti va ortiqcha mablagʻlarini tejalishiga xizmat qilmoqda.

Yangi Namangan tumanida qad rostlagan binoda tuman FHDYO boʻlimi, tuman adliya, yuridik xizmat koʻrsatish xonalari ham mavjud. Boshqa innovatsion markazlardan farqli oʻlaroq, koʻplab maʼmuriy binolar bilan bir joyda joylashgani aholiga yanada qulaylik yaratadi.

Endi, 25 ta mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 150 mingga yaqin aholi davlat xizmatlaridan yangi, zamonaviy har jihatdan qulay boʻlgan binoda foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Yevropa Ittifoqi va BMT taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamkorlik boʻlimi rahbari Fransua Bejo ishtirok etdilar.

Fikr bildirish