Ahror Mansurov Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi
1 min read

Ahror Mansurov Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi

Toʻraqoʻrgʻon tuman hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Hozirga qadar viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Mansurov Ahror Axmadaliyevich Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi.

Ahror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tuman davlat notarial idorasi notarius yordamchisiligidan boshlagan.

2014—2016 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasida turli vazifalarda, 2016-2019 yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori vazifalarida faoliyat yuritgan.

U 2021 yildan shu kunga qadar viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Mansurov Axror Axmadaliyevich Xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Fikr bildirish