Davlatimiz rahbari hozirgi zamon butun jahon iqtisodiyoti raqamlashtirish jarayoniga oʻtayotgan, “yashil” texnologiyalar va innovatsion taraqqiyot har qanday soha va biznes rivoji uchun ustuvor ahamiyat kasb etayotgan bir davr ekanligini taʼkidladi.
1 min read

«Biznes va tadbirkorlik, xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun beqiyos imkoniyatlar ochilayotgan mana shunday sharoitda sizlarni qadimiy sivilizatsiya va madaniyat maskani boʻlgan, bugungi kunda yangilanish va islohotlar yoʻlidan dadil borayotgan Yangi Oʻzbekiston bilan amaliy hamkorlik oʻrnatishga taklif qilaman.

Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni taʼminlash Oʻzbekiston Prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident anjumanning barcha ishtirokchilariga forum natijalari boʻyicha muhim va samarali kelishuvlarga erishishni, kelgusi ishlarida esa yangi yutuq va zafarlar yor boʻlishini tiladi.

Ayni paytda yalpi sessiyada fikr almashish va muhokamalar davom etmoqda.

Fikr bildirish