Tumanda 2 milliard 38 million soʻmdan ortiq ustamalar toʻlanmay kelinayotganligi aniqlandi !
1 min read

Tumanda 2 milliard 38 million soʻmdan ortiq ustamalar toʻlanmay kelinayotganligi aniqlandi !

Namangan tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan viloyat Adliya boshqarmasining tegishli topshirigʻiga asosan, «Umumiy oʻrta taʼlim maktablari xodimlari hamda pedagog-oʻqituvchilariga Normativ-huquqiy hujjatlarida koʻrsatilgan imtiyoz va afzalliklarni amalda qoʻllanilayotganlik ahvoli»ni oʻrganish yuzasidan oʻtkazilgan monitoring tadbirlarida, tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 35 ta taʼlim muassasasining 300 ga yaqin oʻqituvchi va murabbiylariga nisbatan 2 milliard 038 million 716 ming 714 soʻm qiymatdagi ish haqqiga ustamalar va kompensatsiyalar toʻlanmay kelinayotganlik holati aniqlandi.

Oʻtkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida hozirgi kunda amalda boʻlgan 28 ta qonunchilik hujjatlari boʻyicha jami 56 turdagi imtiyozlar qoʻllanilishi belgilanganligi lekin aksariyat hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2010 yildagi PQ-1315-sonli (jismoniy tarbiya oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritayotgan ayol oʻqituvchilarga 15% ustama), 10.12.2012 yildagi PQ-1875-sonli (qishloq hududida

joylashgan taʼlim muassasasidagi chet tili fani oʻqituvchilariga 30%, boshqa hududlarga 15% ustama), 03.05.2019 yildagi PQ-4306-sonli (asosiy fan olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga 100 % ustama) qarorlari asosida ustamalar toʻlab berilmayotganligi maʼlum boʻldi.

Monitoring natijalari yuzasidan viloyat Adliya boshqarmasi hamda tuman Adliya boʻlimiga tegishli tartibda xabarnomalar taqdim etildi.

Manba: Namangan tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Fikr bildirish