“Yashil yillik” umummilliy dolzarb 40 kunlik davomi etmoqda
1 min read

“Yashil yillik” umummilliy dolzarb 40 kunlik davomi etmoqda

Mamlakatimizda joriy yilning 25 martdan 5 maygacha “Yashil yillik” umummilliy dolzarb 40 kunlik tadbiri boshlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida chiqindilar bilan ishlash tizimi va ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektorda bu haqda soʻz yuritilgan edi.


Bugun Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Halilov Umarbek Yaxshimurodovich Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon, Chust, Pop tumanlarida “Yashil yillik” umummilliy tadbirlari davomida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir davomida, rais oʻrinbosari davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda ekilgan daraxt va butalarni “Platforma” elektron bazaga joylashtirish borasida ham qator ishlar amalga oshirilishi lozimligini, va bu jarayonda hududlarda ekilayotgan daraxt koʻchatlarini soni, joylashgan manzili (geolokatsiya), sugʻorish tizimi, fotosuratlari toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlarni elektron bazaga toʻliq va sifatli kiritib borish ham muhim ahamiyatga kasb etishini taʼkidladi.
Hozirgi kunda ushbu tadbir asosida nafaqat idora va tashkilot xodimlari, viloyatning barcha tumanlarida va chekka hududlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz uyushqoqlik bilan tadbirda ishtirok etib yoʻl boʻylariga va alohida ajratilgan hududlarda mevali hamda manzarali daraxtlar oʻtkazib kelinmoqda.
Maxsus ishchi guruh aʼzolari ham ushbu tadbirda davomida tumanlarda daraxt ekish ishlarida faol boʻlib, atrofda ishlayotgan fuqarolarga koʻmakdosh boʻlishgani ularni shijoat bilan ishlashga undadi.
1 aprel kuni “Yashil yillik” umummilliy tadbirida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish viloyatimizning boshqa tumanlarida ham amalga oshiriladi.

Manba: Namangan viloyat ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati

Fikr bildirish