Yoqubjon Kamalov Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
1 min read

Yoqubjon Kamalov Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

Yoqubjon Kamalov 1975 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1997 yili Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997 yili viloyat statistika boshqarmasida iqtisodchi, boʻlim boshligʻi vazifasidan boshlagan. 2000—2020 yillarda Turli xil chet el korxonalarida direktor, va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyat filiali rahbari — viloyat hokimining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yoqubjon Kamalov viloyat hokimining qarori bilan Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Fikr bildirish