Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
1 min read

Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrugʻi bilan Bekzod Mirzaahmedov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda Dilmurod Umaraliyev faoliyat yuritgan va Bosh prokurorning tegishli buyrugʻi bilan Namangan viloyat prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

B.Mirzaahmedov 1982 yil Namangan viloyatida tugʻilgan. U 2003-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2017 yildan esa Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida oʻz ishini davom ettirgan.

Mazkur tayinlovga qadar B.Mirzaahmedov Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi Tumanlararo boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Fikr bildirish