UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi chiqqan yana bir amaldor lavozimidan olindi
1 min read

UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi chiqqan yana bir amaldor lavozimidan olindi

▪️Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Karimov lavozimidan ozod etildi. Uning keyingi ish joyi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Bobur Karimov o‘z chiqishlarida UzAuto Motors’ga berilgan imtiyozlarni bekor qilish  kerakligini aytib kelgan edi.

Eslatib o‘tamiz, qo‘mitaning avvalgi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov ushbu kompaniya bilan sudlashuv ortidan populizmda ayblanib, keyinroq ishdan olingan edi. Faollar yangi rais kelganidan keyin qo‘mita faoliyati sustlashgani haqida aytib kelishadi.

Fikr bildirish