Ayrim yer uchastkalarini auksionda sotishda uch yilgacha bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi
1 min read

Ayrim yer uchastkalarini auksionda sotishda uch yilgacha bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi

Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk obektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida:

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi;
  • bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni biryo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berildi.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur bandning uchinchi xatboshisi bilan joriy etilayotgan davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish bo‘yicha tartibni ishlab chiqib tasdiqlaydi.

Manba: Kun.uz

Fikr bildirish