Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi
1 min read

Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

☑️ Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–762-son, 11.04.2022-y.) bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.

 

➡️ Unga koʻra, mazkur harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

📌 Shuningdek, yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatishda, xalqaro yoʻlovchi tashish va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik borligini tekshirmaslik ham maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

❗️Qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Unga koʻra, soddalashtirilgan tartibda undiruv qarzdorning mol-mulkiga (pul mustasno) qaratilmaydi va qarzdorga javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.

⏩ Soddalashtirilgan tartibda undiruv bankdagi pulga, MHTEKMdan (822 ming soʻmdan) koʻp boʻlmagan summani undirish uchun esa ish haqiga, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlarga qaratiladi.

Fikr bildirish