Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida ipak qurti urugʻi tarqatishga kirishildi
1 min read

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida ipak qurti urugʻi tarqatishga kirishildi

Tumanda joriy yilda 3226 quti qurt urugʻi parvarishlash, 184 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi yetishtirish maqsad qilib olingan. Ikki yildirki, ishni uyushqoqlik bilan tashkil etilgani sababli sohada ijobiy natijalar qoʻlga kiritib kelinmoqda. Fermer xoʻjaliklari va qurt boquvchilar bilan ichki shartnomalar oʻtgan yilning oxiridayoq tuzib boʻlingan.

Kechadan boshlab tumanda 6 ta inkubatoriylarda jonlantirilgan qurt urugʻini tarqatish boshlandi. Pillakorlarga avans puli, zarur ashyolar berilib, sanoat uchun qimmatbaho xom ashyo yetishtirishga qoʻshayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirildi.

 

“Oltin vodiy” MMTP hududida 65 nafar boquvchilarga qurt urugʻi tarqatildi. Tuman hokimi Ahrorjon Mansurov pillakorlar mehnati yildan-yilga qadrlanayotgani, bu yil har kilogramm pillaga 24 700 soʻmdan haq toʻlanib, qoʻshimcha 5 ming soʻmdan subsidiya berilishi oilalar uchun yaxshigina daromad ekanligini taʼkidladi.

Fikr bildirish