Ekologik reyd nazorat tadbiri oʻtkazildi
1 min read

Ekologik reyd nazorat tadbiri oʻtkazildi

Namangan viloyati Yangi Namangan tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan 13 aprel kuni tumanda profilaktik reyd tadbirlari oʻtkazdi.

Ekologik reydlar jarayonida «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi qonun talablarining bajarilishini taʼminlash, shuningdek aholining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish va fuqarolarga qurilish, maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik, noqonuniy yer ochish holatlariga yoʻl qoʻymaslik tushuntirildi.

Shuningdek, tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilishga sabab boʻlishi tushuntirib oʻtildi.
Reyd davomida tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzgan 2 nafar fuqaro ogohlantirilib, 4 nafariga nisbatan inspektor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan jarimalar belgilandi.

Bundan koʻzlangan maqsad bitta fuqarolarga jarima solish emas balki hammani tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalariga rioya qilishini taʼminlashdir. Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Manba: Namangan viloyat ekologiya
boshqarmasi axborot xizmati

Fikr bildirish