Deputat Semiztepaliklar murojaatlari va takliflarini oʻrgandi
1 min read

Deputat Semiztepaliklar murojaatlari va takliflarini oʻrgandi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Qobiljon Dadaboyev aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyiga chiqqan holda bartaraf etish maqsadida “mahallabay” va “fuqarobay” tizimi asosida ish tashkil etib kelmoqda.

Xalq vakili ayni shu maqsadda oʻzi boshchiligida OʻzLiDeP viloyat va tuman Kengashi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhi ishtirokida Davlatobod tumani, “Yuksalish” mahallasi Semiztepa koʻchasi aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida hududni rivojlantirish, mavjud infratuzilmalarni yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha 10 ga yaqin murojaatlar va takliflar bildirildi. Deputat Q.Dadaboyev ushbu koʻtarilgan muammolarni tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovini yuborgan holda bartaraf etishni taʼkidlab oʻtdi.

Albatta bu kabi uchrashuvlarda asosiy maqsad aholi farovonligini yaxshilash hamda turmush darajasini yanada yuksaltirishga qaratilmoqda.

Fikr bildirish