Har bir yoʻlovchiga kitob ulashamiz
1 min read

Har bir yoʻlovchiga kitob ulashamiz

Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab davom etayotgan II Respublika «KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida Davlatobod tumanidagi «Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani» axborot-kutubxonasi tomonidan tumanning markaziy koʻchalariga «Har bir yoʻlovchiga kitob ulashamiz, har bir fuqaroni kutubxonaga chorlaymiz» shiori ostida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.

Koʻrgazma bilan bir qatorda tabiat qoʻyniga kitob mutolaasi uchun tashkil etilgan «Yashil hudud» ham yurtdoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.

Shahrimiz koʻchalari tozaligini taʼminlayotgan, har qadamni gullarga burkayotgan Obodonlashtirish xodimlari ham mazkur kitoblar koʻrgazmasida qatnashib, kitoblar bilan yaqindan tanishishdi.

Eslatib oʻtamiz, «KITOBXONLIK HAFTALIGI» 18-23 aprel kunlari mamlakatimiz miqyosida oʻtkazib boriladi.

Fikr bildirish