Namangan viloyatida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
1 min read

Namangan viloyatida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi

Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar Y.T., R.B. va boshqalar fuqaro S.O.ni Jalolobod davlat universitetiga o‘qishga kiritib, keyinchalik Namangan davlat universitetining “Huquqshunoslik” fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 1580 AQSH dollari va 26 mln so‘mini qo‘lga kiritishib, shundan 200 AQSH dollarini qaytargani, shuningdek fuqaro X.I.ning o‘qishini qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan Namangan muhandislik-texnologiya institutiga ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini olib shundan 200 AQSH dollarini qaytargani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Fikr bildirish