1-maydan mahalla raislari qancha oylik ish haqi oladi?
1 min read

1-maydan mahalla raislari qancha oylik ish haqi oladi?

 

Prezidentning 2022 yil 1 martdagi PQ-147-son qaroriga asosan, 2022 yil 1 maydan boshlab mahalla raislarining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga qarab belgilanadi:

▪️xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming soʻm) miqdorida;

▪️xonadonlar soni 501 tadan 1000 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming soʻm) miqdorida;

▪️xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 110 ming soʻm) miqdorida.

Fikr bildirish