Bu yilgi qabulda test topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
1 min read

Bu yilgi qabulda test topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Bu yil ham abituriyentlar 5ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 189 ball. Majburiy fanlar blokidagi to‘g‘ri javoblarga oldingi yilgiga qaraganda kamroq ball beriladi.

Foto: Kun.uz

Davlat komissiyasining bayoni bilan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi, deb xabar berdi Davlat test markazi. Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Matematika – 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan – 30 ta savol.

Har biri uchun 3,1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan – 30 ta savol.

Har biri uchun 2,1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Yo‘nalishlar kesimida test topshiriladigan fanlar majmuasi bilan esa DTMning  Telegram-sahifasi orqali to‘liq tanishish mumkin.

Fikr bildirish